WhatsApp’da global uzilishlar yuz bermoqda
Texnologiya
−
25 Oktyabr 2022 7899 1 daqiqa
Dunyoning aksariyat mamlakatlarida WhatsApp messenjerining faoliyatida muammolar kuzatilmoqda. Bu haqda mashhur internet-resurslar ishini kuzatuvchi Downdetector xizmati o‘z saytida ma’lum qildi.
Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar xabarlarni jo‘natish, serverga ulanishdagi nosozliklar, shuningdek, ilova va veb-sayt bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilyapti.
Eng katta nosozliklar AQSH, Latviya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Daniya, Finlyandiya, Shvetsiya, Shveysariya, Ozarbayjonda qayd etilgan.
Live
Barchasi
Ohangaronda yuk mashinasi yonib ketdi
01 Noyabr