“Wednesday” seriali uslubida ishlangan 5 film

Madaniyat-san’at

image

Addams oilasining aqlli va sovvuqon vakili haqida hikoya qiluvchi “Wednesday” seriali barcha rekordlarni yangilab, ko‘rishlar soati bilan Netflix platformasini titratgani hech kimga sir emas.

8 qismli bu serialni bir o‘tirishdayoq tomosha qilganlarning sanog‘i bo‘lmasa kerak. Hatto, bosh rol ijrochisi Wednesday’ning afsonaviy raqsiga tomoshabinlar taqlid qilishga ham ulgurdi. Shuningdek, serialning ikkinchi mavsumini intiqlik bilan kutayotganlar ham ko‘p.

Peopletalk.ru shov-biznes nashri “Wednesday” seriali uslubiga yaqin bo‘lgan filmlarni jamladi.

1. “Sabrinaning dahshatli sarguzashtlari” (Chilling Adventures of Sabrina) –Archie Comics’ning komikslariga asoslangan qo‘rqinchli dramatik teleserial. Kartinada bosh qahramon jodugar Sabrina o‘zligini topishga harakat qiladi. Shu bilan birga u oilasiga va butun odamlar dunyosiga tahdid soluvchi yovuz kuchlarga qarshi turishga majbur bo‘ladi.

2. “Lemoni Sniketning baxtsiz hodisalari” (Lemony Snicket’s A Series of Unfortunate Events) – amerikalik yozuvchi Deniyel Xendler tomonidan yozilgan “33 baxtsizlik” kitobi asosida yozilgan oilaviy komediya. U yosh Bodlerlar - Violet, Klaus va ularning singlisi Sunnining hayotidagi baxtsiz voqea bilan boshlanadi. Dahshatli yong‘in ularni uylaridan va mehribon ota-onalaridan mahrum qiladi. Yetimlarning hayotida graf Olaf paydo bo‘lib, ularni o‘z qaramog‘iga oladi. Bolalar graf Olaf qo‘riqinchli ekanligi va boyib ketish uchun ularni o‘ldirishga harakat qilayotganini atrofdagilarga tushuntirishga harakat qiladilar. Biroq hech kim bolalarga quloq solmaydi.

3. “Taqdir: Vinks Saga” (Fate: The Winx Saga) – animator Iginio Straffining “Nickelodeon Winx Club” animatsion serialiga asoslangan o‘smirlar uchun dramatik teleserialdir. U “Alfea” nomli sehrli maktab-internatiga qatnaydigan beshta pari haqida hikoya qiladi. Besh pari maktab enternatida sevgi, raqobat kabi hislar borligini va o‘z kuchlarini nazorat qilishni o‘rganishadi.

 

4. “Yarim yovuz: Bastard o‘g‘il & Iblis” (Half Bad: The Bastard Son & The Devil Himself) – ingliz yozuvchisi Salli Grin tomonidan yozilgan “Yarim yovuz” romaniga asoslangan bu serial xavfli jodugar Markus Edgening 16 yoshli noqonuniy o‘g‘li Neytan Birn haqida hikoya qiladi. U butun hayotini otasi kabi halokatli yo‘lda bo‘lishidan qo‘rqadi. Ammo keskinliklar kuchayib borgani sari “yaxshilik” va “yomonlik” o‘rtasidagi chegaralar kesishadi va Neytan o‘zining sehrli dunyoga begona ekanligini tushunib yetadi.

5. “G‘aroyib narsalar”(Stranger things) – aka-uka Dufferlar tomonidan suratga olingan xayoliy Xokins shahri va unda sodir bo‘layotgan juda g‘alati “narsalar” haqidagi ajoyib amerika serialdir.

Seriali syujeti bizga Mayk, Lukas, Dastin va Uill ismli bir guruh yigitlar haqida hikoya qiladi. Ular yuqori sinf o‘quvchilarining masxaralaridan aziyat chekadigan oddiy boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridir. Ammo serial qahramonlaridan biri Uill to‘satdan g‘oyib bo‘lgach, ularning butun dunyosi ostin-ustun bo‘ladi. Uni qidirishga tushgan paytida yigitlar hatto ismini ham, qayerdanligini ham bilmaydigan, lekin g‘ayritabiiy kuchga ega bo‘lgan qizni uchratishadi. Qo‘lidagi tatuirovkadan uni “Eleven” deb atashadi. Yigitlar qiz bilan birgalikda ta’qibchilaridan qochish, yovuz odamlarni, yirtqich hayvonlarni mag‘lub etish kabi sarguzashtlarni boshidan o‘tkazishadi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

386

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing