“Wednesday” seriali Netflixʼni titratdi

Madaniyat-san’at

image

“Wednesday” ingliz tilidagi seriallar orasida umumiy tomosha soatlari bo‘yicha Netflix platformasida yangi rekordini o‘rnatdi. Bu haqda “Screenrant” nashri xabar berdi.

Netflix hisob-kitoblariga ko‘ra, serial premerasidan buyon jami 752 million soat tomosha qilingan. Ma’lumot uchun, bu hisob serial chiqqanidan keyingi dastlabki 28 kunga asoslanadi.

Shuningdek, serial ilk haftaning o‘zidayoq 341,2 million soat ko‘rilgan. U 83 davlatda eng ommabop serialga aylangan va 93 mamlakatda eng ko‘p ko‘rilayotgan seriallarning birinchi 10 taliligiga kirgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Wednesday” mistik serial bo‘lib, Wednesday Addams’ning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.

Serialda bosh qahramon rolini amerikalik aktrisa Jenna Ortega ijro etgan. Ilk mavsumi 8 qismdan iborat serialda aqlli va sovuqqon Wednesday Addams bir qator qotilliklarni tekshiradi va “Nevermore Academy”da yangi do‘stlar va dushmanlar orttiradi.

Ko‘p qismli filmning ssenariysi tomoshabinlar tomonidan 87 foiz ovoz bilan ma’qullangan. Bundan tashqari, seriallning 4-qismdagi mashhur raqs sahnasi ommalashib, TikTok‘da xoreografiyaga taqlid qiluvchi videolar trendga aylangan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1213

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing