WBA Ahmadaliyev - Inoue jangiga yana bir bor buyruq berdi

Sport

image

Butunjahon boks assotsiatsiyasi ikkinchi yengil vaznda o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev va yaponiyalik Naoya Inoue jangiga buyruq berdi. Bu haqda “Matchroom Boxing” promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn X sahifasida ma’lum qildi.

“Ikkinchi eng yengil vazn toifasida Inoue uchun yagona jang qoldi. Bu haqiqiy jang bo‘ladi! WBA jangni belgiladi... vaqti keldi!”, deb yozdi Xirn.

Mazkur vazn toifasida WBC, WBO, IBF, WBA (Super) kamarlarini egallab turgan Inoue 3 sentyabr kuni avstraliyalik Ti Jey Doxenini yettinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.

Murodjon Ahmadaliyev esa ayni damda WBA yo‘nalishi bo‘yicha Naoya uchun majburiy da’vogar hisoblanadi. WBA tashkiloti avvalroq ham bu ikki bokschining jangi uchun rasman buyruq bergan, ammo o‘shanda tomonlar kelishuvga erisha olmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Murodjon Ahmadaliev Naoya Inoue

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made