Voyaga yetmagan qizga mashina boshqaruvini ishonish ayanchli yakunlandi

3-sahifa

image

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida voyaga yetmagan qizga mashinasini haydashga ruxsat bergan haydovchi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 28 sentyabr kuni soat 17:30 larda 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda Nexia rusumli avtomobilda Navoiy—Xatirchi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotib, yo‘l chetidagi daraxtlardan biriga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada og‘ir tan jarohatlarini olgan 33 yoshli fuqaro hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.

Dastlabki surishtiruv davomida aniqlanishicha, avtomobil salonida bo‘lgan marhum haydovchining tanishi, voyaga yetmagan 16 yoshli qiz unga mashina boshqarishga qiziqishini aytib, rulga o‘tirgan. Tajribasiz qiz tezlikni oshirgani sabab avtohalokatga uchragan. Hozirda u bosh miya lat yeyishi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Navoiy

Baholaganlar

974

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing