Volodin ruslarni kiritmayotgan davlatlar haqida: “Yevropa ahmoqliklari tufayli o‘zini jazolayapti”

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga vizalar berish taqiqlangan taqdirda Yevropa mamlakatlari katta yo‘qotishlarga duchor bo‘ladi. Ruslarga chet elda bo‘lmasa, o‘z yurtlarida ham dam olishga joy bor. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirgan.

Siyosatchining iddao qilishicha, suverenitetini yo‘qotgan davlatlar: Estoniya, Latviya, Litva, Finlyandiya, Chexiya, Polsha, Ukraina mamlakatga ruslarni kirishini taqiqlash bo‘yicha “takliflar berishda” davom etmoqda.

"Eng konservativ hisob-kitoblarga ko‘ra, bizning fuqarolarimiz uchun kirish cheklovlari tufayli Yevropa 21 milliard yevro yo‘qotadi. Ular o‘zlarining ahmoqliklari va jaholatlari tufayli o‘zlarini jazolayapti". deydi Volodin.

Spikerning qayd etishicha, dunyo aholisining 80 foizi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Shu sabab ruslarning mehmonga boradigan joyi ko‘p.

“Ammo o‘z infratuzilmamizni rivojlantirganimiz ma’qul. Bizda juda ko‘p ajoyib joylar bor. Mamlakatimizda sayohat qilish va dam olishga sharoit yaratish uchun hamma narsani qilish kerak", deya xulosa qilgan Volodin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing