Volodin kim Rossiyaga eng ko‘p sanksiya kiritganini aytdi

Olam

image

Rossiyaga eng ko‘p sanksiya kiritgan uch davlat – AQSH, Kanada hamda Shveysariya energiya va oziq-ovqat narxlarining global o‘sishini qo‘zg‘atdi. Mazkur mamlakatlar butun dunyo bo‘ylab kelajakdagi inqirozlar uchun javobgardir. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bildirdi.

Parlament a’zosining ta’kidlashicha, Rossiyaga qarshi eng ko‘p sanksiyalarni Amerika Qo‘shma Shtatlari (1983 ta), Kanada (1402 ta) va Shveysariya (1361 ta) kiritgan.

Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar soni bo‘yicha tuzilgan ro‘yxatning to‘rtinchi o‘rnidan Buyuk Britaniya (1360 ta), beshinchi o‘rnidan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (1199 ta) joy olgan. Avstraliya (1150 ta) va Yaponiya (902 ta) ham Rossiyaga do‘st bo‘lmagan davlatlar qatorida.

Volodinga ko‘ra, Rossiyaga qarshi jami 10 536 ta sanksiya joriy qilingan: 2022 yilning 24 fevraliga qadar - 2 754 ta, keyin - yana 7 782 ta.

“Bu davlatlar Rossiyaga qarshi noqonuniy sanksiyalar joriy etib, energiya resurslari va oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘ldi. Bular butun dunyoda mavjud muammolar hamda bo‘lajak inqirozlarning asosiy aybdorlari”, deya qo‘shimcha qildi Duma spikeri.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G‘arb kiritayotgan sanksiyalar nafaqat Rossiya, balki butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berishi, endi dunyoda oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi haqida ogohlantirgan edi.

Ma’lumot uchun, G‘arb mamlakatlari Ukrainada boshlangan urushga javoban Rossiyani har tomondan siquvga olib, og‘ir sanksiyalarni qo‘llay boshladi. Rubl kursi quladi, Rossiya banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. Markaziy bankning xorijdagi oltin-valyuta zaxiralari bloklandi. Millarderlarning ham chet eldagi ko‘plab hisoblari muzlatildi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing