Volkswagen oktyabrda yangi krossoveri taqdimotini o‘tkazadi 

Texnologiya

image

Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi Shimoliy Amerika bozori uchun yangi krossover chiqaradi. Bu haqda "Autonews" xabar bermoqda.

Yangilik Taos deb nomlangan. Ta’kidlanishicha, Nyu-Meksiko shtatidagi qadimgi hindu aholisi bilan mashhur bo‘lgan Taos shahri sharafiga unga shunday nom berilgan.

Avtomobil taqdimoti joriy yilning 13 oktyabrida bo‘lib o‘tadi. Krossover uzunligi 4453 mm, kengligi 1841 mm, balandligi 1632 mm, g‘ildiraklar bazasi esa 2680 mm ga yetadi.

Volkswagen'ning ushbu modeli porlab turadigan panjara chiziqlari, ingichka LED faralariga ega bo‘ladi. Krossover Argentinadagi Volkswagen zavodida ishlab chiqariladi. 

Kompaniya 28 avgust kuni Volkswagen ID.3 elektr xetchbeki bitta akkumulyator zaryadi bilan 531 km masofani bosib o‘tishga muvaffaq bo‘lganligi haqida xabar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing