“Volga”ga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi 

3-sahifa

image

Joriy yilning 11 oktyabr kuni Buxoro viloyatida “Volga” rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.  

Qayd etilishicha, voqea soat 16:55 da viloyatning Kogon tumanidan o‘tuvchi A380 avtomobil yo‘lining 207-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Gaz-24 rusumli avtomobilga o‘rnatilgan ikkita 50 litr hajmdagi gaz ballonlarining bittasi yorilgan. Bunga gaz ballonining nosozligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 

Avtomobilda siqilgan gaz balloni portlashi oqibatida 1990 va 1970 yillarda tug‘ilgan haydovchi va yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.  

Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi tergov guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonining portlash holatlari avval ham qayd etilgan. Joriy yilning sentyabr oyi oxirida Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan Lacetti avtomobilining gaz balloni portlab ketgan bo‘lsa, oktyabr oyi boshida Surxondaryoda Lacetti avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballon siqilgan gaz to‘ldirish shaxobchasida portlab ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing