Vodiydagi “gaz zapravkalar” faoliyati tiklanishi rejalashtirilmoqda

Jamiyat

image

Shu hafta oxiriga borib Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi (Andijon, Namangan va Farg‘ona) gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimining ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) gaz bosimining ko‘tarilishiga qarab, ularning faoliyati bosqichma-bosqich tiklanishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, gaz bosimi pasaygan kunlarda birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha ob’ektlari (issiqlik elektr stansiyalar, shifoxonalar, maktabgacha va maktab hamda oliy ta’lim muassasalari va boshqalar)ni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash zarur hisoblangani sababli AGTKSH faoliyatiga majburiy cheklovlar kiritilgan.

“Quvurlarda gaz bosimini bir me’yorga keltirish va ushbu me’yorni saqlab turish uchun AGTKSH qisqa vaqt oralig‘ida reja-grafik asosida faoliyat yuritib boradi”, deyiladi xabarda.

QALAMPIR.UZ vazirlikdan hafta oxirida viloyatdagi ayni qaysi “gaz zapravkalar” ish boshlashini so‘rab murojaat qilganda, bunday ma’lumot yo‘qligi, ochilishi kerak bo‘lgan “gaz zapravkalar” ro‘yxatini hokimliklar berishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 fevral kuni Energetika vazirligi vodiy viloyatlaridagi metan “zapravka”lar yopilishini rad etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing