Vodiydagi metan “zapravka”lar yopilishi rad etildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda vodiy viloyatlaridagi Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi haqidagi xabarlar tarqaldi. Unda aytilishicha, viloyatlarda havo haroratining sovishi tufayli magistral gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimining keskin pasayishi kuzatilmoqda. Holat yuzasidan Energetika vazirligi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

“Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qilamiz va fuqarolardan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi xabarida.

Vazirlikka ko‘ra, respublika bo‘yicha, xususan, vodiy viloyatlaridagi AGTKSH faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga asosan davom etadi.

Energetika vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoq vakillaridan bu kabi asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslik so‘ralmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing