Vodiydagi barcha “gaz zapravka” faoliyati to‘xtatildi
Olam
−
07 dekabr 2022
23504Bugun, 7 dekabrdan e’tiboran Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridagi barcha avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda "O‘ztransgaz" AJ xabar berdi.
“Ob-havo sovib ketishi tufayli aholi, ijtimoiy soha ob’ektlarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji ortgani bois ularga tabiiy gaz yetkazib berish dolzarb hisoblanadi. Shuni inobatga olib, Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari bugun, 7 dekabr kuni soat 11:00 dan vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatdi”, deyiladi "O‘ztransgaz" xabarida.
Qayd etilishicha, vaziyat izga tushgach, odatiy ish faoliyatiga qaytiladi.
“O‘ztransgaz” AJ keltirilgan vaqtincha noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.
LiveBarchasi