Vodiyda uzilishlar bo‘lmaydi

Jamiyat

image

Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on IESda birinchi gaz trubinasi ishga tushirildi. Mazkur issiqlik elektr stansiyasi hozirda sinov rejimida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, noyabr oyidan to‘liq ishga tushiriladi. Ikkinchi qurilma 2019 yilning noyabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 

Yangi avlodga mansub energobloklar an’anaviy issiqlik elektr stansiyalari sarflaydigan yonilg‘iga birligiga nisbatan ikki barobar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqaradi. 

Mutaxassislarning aytishicha, bug‘-gaz qurilmalarida KPD taxminan 59 foiz tashkil etib, bu an’anaviy bug‘ generatorli stansiyalar ko‘rsatkichlaridan ancha yuqori bo‘lishi bilan birga, energobloklarning ish jarayonida atmosferaga chiqadigan zararli gazlar miqdori qariyb ikki baravarga kamayadi.

To‘raqo‘rg‘on IES ishga tushirilishi natijasida bir yilda 900 Mvt qo‘shimcha  quvvat yoki 7 mlrd KvT soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi va Farg‘ona vodiysining Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing