Vodiyda oltin quymalarini noqonuniy sotayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
31 mart 2023
6544Vodiy viloyatlarida oltin quymalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, dastlab muqaddam sudlangan 1984 yilda tug‘ilgan shaxs Andijon shahrida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan namanganlik zargarga quyma holdagi 672 gr oltinni 40 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Davlat xavfsizlik xizmatining tezkor tadbir Chust viloyatida davom ettirilib, qo‘lga olingan zargarning buyrug‘i bilan 1986 yilda tug‘ilgan Cobalt haydovchisi Olmaliqdan Namanganga og‘irligi 613 gr oltin olib ketayotganida to‘xtatilib, ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, Pop tumanida Namangan shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro Angren shahrida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan uchrashib, undan og‘irligi 250 gramm bo‘lgan 3 dona tilla quymasini sotib olgan vaqtida ushlangan.
Farg‘ona vodiysida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 1 milliard 124 million so‘mlik 1 kilogramm 535 gr oltin hamda 40 ming AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi