Vodiy viloyatlaridagi Madaniyat va turizm boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi
Jamiyat
−
15 may 2023 6969 1 daqiqa
Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlaridagi Madaniyat va turizm boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov vodiy viloyatlarida bo‘lib, bir qator soha xodimlari bilan uchrashuv muloqot o‘tkazgan.

Muloqot davomida u Madaniyat va turizm vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Farg‘ona viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i etib Jahongir Tojiboyev, Andijon viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i etib Marhaboxon Sattorova hamda Namangan viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i etib Komiljon Siddiqov tayinlanganini ma’lum qilgan.


Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr