Koronavirus xavfi: O‘zbekiston 3 ta mamlakat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi
Jamiyat
−
14 mart 2020
13826Dunyo bo‘ylab tarqalayotgan koronavirus O‘zbekistonga ham jiddiy xavf tug‘dirishni boshladi. Shu bois O‘zbekiston Yevropaning yana uch mamlakati bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekistonga koronavirus kirishi oldini olish hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida 2020 yilning 14 mart kunidan e’tiboran Fransiya Respublikasi, Ispaniya Qirolligi, Buyuk Britaniya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida barcha aviaqatnovlar to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, aviaqatnovlar soat 00:00 dan e’tiboran to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, bungacha O‘zbekiston Afg‘oniston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Italiya Respublikasi bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan edi.
LiveBarchasi