O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo -15 gacha tushib ketadi
Foydali
−
18 noyabr 2019
14783Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekistonda 15 daraja sovuq kutilayotgani haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, 21-24 noyabrda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi markaziy rayonlari (Moskva oblasti) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi.
21-24 noyabrda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yomg‘ir, ayrim joylarda qorga aylanadi.
21 noyabrda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi.
22-24 noyabrda respublika hududi bo‘yicha havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, ayrim joylarda 8 daraja sovuqqacha tushadi, kunduzi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Mamlakat shimolida 21-24 noyabrda havo harorati kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
LiveBarchasi