Vizasiz sayohat uchun pasportlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechinchi o‘rinda?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

“The Henley Passport Index” vizasiz sayohat uchun eng yaxshi va eng yomon pasportlar reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston 85-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston o‘tgan yilga nisbatan 1 pog‘ona ko‘tarilib, Kot-d’Ivuar davlati bilan bir o‘rinni band qilgan.

Unga ko‘ra O‘zbekiston fuqarolari 57 ta davlat hududiga vizasiz yoki yetib borgach viza olish orqali sayohat qilishlari mumkin.

Reytingda birinchi o‘rinni Yaponiya egallagan. Ushbu mamlakat fuqarolari 193 ta davlatga vizasiz sayohat qilishi mumkin.

Top-3 talikka Singapur (192 davlat), Germaniya (191 davlat) ham kirgan.

MDH davlatlari orasida ham yaxshilanish kuzatildi: Rossiya 48-o‘rinda (118 davlat), Belarus 68 o‘rinda (77 davlat), Qozog‘iston 69-o‘rinda (75 davlat), Tojikiston 84-o‘rinda (58) va Turkmaniston 89-o‘rinda (53 davlat).

Eng so‘nggi o‘rinlarni esa Suriya (29 davlat), Iroq (28 davlat) va Afg‘oniston (26 davlat) egallagan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

443

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing