Viruslarni yo‘q qiluvchi suyuqlik ishlab chiqildi

Salomatlik

image
Vaksina tayyor bo‘lguncha koronavirusni mag‘lub qilish yo‘li aytildi north_east

Vaksina tayyor bo‘lguncha koronavirusni mag‘lub qilish yo‘li aytildi

Rossiyaning "Skolkovo" innovatsion markazi olimlari koronavirusga qarshi samarali bo‘lgan bakteriyalar, zamburug‘lar va viruslarga qarshi kurash usulini topdi. Olimlarning aytishicha, ushbu yo‘l bilan odam tanasidan tashqaridagi viruslarni yo‘q qilsa bo‘ladi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunday nazorat qilish vositasi "Megnaril" nomini olgan sovuq plazma suvi bilan davolanadi. Olimlarning ma’lum qilishicha, ushbu suv kimyoviy jarayonlar natijasida shakllantiriladi. Buning uchun, kislorod va vodorodning "agressiv" shakllari, shuningdek, gipoxlorid kislotasidan foydalaniladi. Ushbu moddalar virus hujayralarini butunlay yo‘q qilishi mumkin.

Bunday suvni niqoblar va turli sirtlarni tozalash, shuningdek havoga sprey shaklida sepish uchun ishlatish mumkin. Suyuqlik odamlar uchun xavfsizdir. Ishlab chiqarish ham arzon - ming litr uchun 800 dollar.

Hozir olimlar ixtiroga patentni ro‘yxatdan o‘tkazish va ommaviy ishlab chiqarishni tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 178 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 858 892 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 42 158 nafari vafot etgan, 178 100 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Olimlar Viruslar

Baholaganlar

1398

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing