Virus nam ob-havoda yanada kuchlanishi va ko‘payishi aytildi

Foydali

image

Yangi turdagi koronavirus COVID-19 mutatsiyaga uchrashi kutilmokdami va yangi pandemiyaga olib kelishi mumkinmi? Ushbu savolga O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari nomzodi Sevara Ubaydullayeva javob berdi:

“Rossiya Federatsiyasi va xorijiy davlatlar biolog olimlari, kasallikni ikkinchi to‘lqinini joriy yilning noyabrlarida kuzatilishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Qaysidir manbada virusning mutatsiyasi kasallikni yengil kechuvini keltirib chiqaradi deb hisoblasa, qaysidir olimlar mutatsiya virusni kasallik chaqiruvchi qobiliyatini yanada kuchaytiradi va og‘irroq kechishi mumkin degan taxminiy g‘oyalarni ilgari surmoqdalar”. 

Ayni vaqtda dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 17 million 312 025 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 673 527 nafari vafot etgan, 10 million 148 826 kishi sog‘aygan. O‘zbekistonda esa rasmiy ko‘rsatkich mos ravishda 23 558, 137, 13 680 ni tashkil etmoqda. 

Ayni kunlarda ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan savol bor: virus issiqda yo‘qoladi deb aytilgan edi. Ammo, bundan bo‘lmadi. Xo‘sh, virus kuz-qish mavsumida, umuman nam ob-havo sharoitida ko‘proq tarqalishi mumkinmi? Mutaxassisning fikricha, nam ob-havo virusning bolalashiga yetarlicha sharoit yaratib beradi. 

“Shaxsiy kuzatuvlar asosida aytish mumkinki, mazkur virus sovuq va namgarchilikni yaxshi ko‘radi, shunday muhitda u juda tez ko‘payadi va tarqaladi hamda uning kasallik chaqirish xususiyati kuchayadi.  

Issiq iqlim tarqaluvchanlikni  kamaytiradi. Tarqaluvchanlik kamaygani sari virus yuklamasi kamayadi va kasallik yengil kechishi kuzatiladi”, deydi Ubaydullayeva.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

479

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing