Virgin Galactic kosmik sayohat uchun chipta sotishni boshladi. Uning narxi qancha?

Texnologiya

image
“Unity” raketa samolyotida suborbital parvozga chiqqan Brenson Yerga qaytdi  north_east

“Unity” raketa samolyotida suborbital parvozga chiqqan Brenson Yerga qaytdi 

Britaniyalik milliarder Richard Brensonga tegishli Virgin Galactic kompaniyasi “kosmik sayyohlar”ga chiptalar sotishni boshladi. Ta’kidlanishicha, bitta o‘rindiq narxi 450 ming dollardan boshlanadi.  

Kompaniya o‘z shaxsiy bozorida iste’molchilar uchun uchta variant aytgan: bir o‘rinli, ko‘p o‘rinli, ya’ni, “oilaviy paket” va reysni to‘liq sotib olish varianti. 

Ta’kidlanishicha, Unity kosmik kemasining navbatdagi parvozi Italiya Harbiy-havo dengiz kuchlari tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, u joriy yilning sentyabr oyi oxiriga rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyulida Unity kosmik kemasida Brenson va Virgin Galactic kompaniyasining beshta xodimi — Deyv Makay, Maykl Mazuchchi, Sirisha Bandl, Kolin Bennet va Bet Mozes fazoviy parvozni amalga oshirgandi. Bu parvoz tarixdagi ilk xususiy fazoviy parvoz hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

kosmik parvoz

Baholaganlar

172

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar