Vinisiusning qizil kartochkasi bekor qilindi

Sport

image

Ispaniya sport musobaqalari qo‘mitasi (RFEF) ko‘p soatlik muhokamalardan so‘ng Vinisiusni diskvalifikatsiyani bekor qilishga qaror qildi. Sababi “Real” – “Valensiya” uchrashuvi hakami voqea haqida, jumladan, uning asosiy qismi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmagani uchun epizodga noto‘g‘ri baho bergan. 

Bahsli epizodda Vinisisus raqib futbolchisi Ugo Duroni urishidan oldin, “Valensiya” a’zosi braziliyalik futbolchini bo‘g‘ib olgandi. Bosh hakam Rikardo Bengoechea videotakrorni ko‘rib, braziliyalik futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatgan, Duroning harakatlarini esa e’tiborsiz qoldirgan.

Shu tariqa, braziliyalik futbolchi 24 may kuni “Rayo Valekano”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.

Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan “Valensiya”ga qarshi o‘yinda (0:1) Vinisius irqchilikka asoslangan haqoratlarga uchragandi. Shuningdek, braziliyalik futbolchi ikkinchi bo‘limning qo‘shib berilgan vaqtida “Valensiya” futbolchilari bilan mushtlashuvda bevosita ishtirok etdi va maydondan chetlatildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan chetlatilish hujumchi uchun faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.

Vinisius “Real”da 2018 yildan beri to‘p surib kelmoqda. Forvardning klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Vinisius

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing