Vinisiusning ajdodlari kamerunlik bo‘lib chiqdi
Sport
−
21 noyabr
2899Madridning “Real” klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior DNK testidan o‘tdi va uning ajdodlari Kamerunda yashaganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Ge.globo” xabar berdi.
Braziliyalik futbolchiga Urugvay terma jamoasi bilan 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi o‘yini (1:1) oldidan bu haqda ma’lumot beruvchi sertifikat rasman topshirildi.
Vinicius 2018 yildan beri “Real”da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” onlayn portali 24 yoshli braziliyalik futbolchining bozor qiymatini 200 million yevroga baholagan.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi oxirida 2025 yilgi “Oltin to‘p” uchun da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilingandi va Vinisius kuchli uchlikdan joy olgandi.
LiveBarchasi