Vinisiusga kutilmagan xaridor chiqdi

Sport

image

“Real” hujumchisi Vinisius Junior jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda “Metro” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi 23 yoshli futbolchi uchun 130 million funt taklif qilishga tayyor. Braziliyalik futbolchining o‘zi fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe jamoaga o‘tgan taqdirdagina Madridni tark etishga qaror qilgan.

Joriy mavsumda Vinicius Junior “qaymoqranglilar” tarkibida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchining “Real” bilan shartnomasi 2027 yilning yozida o‘z yakuniga etadi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, hujumchining taxminiy narxi 150 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Yunayted Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing