Vinisiusga chora ko‘rildi

Sport

image

Braziliya terma jamoasi va “Real Madrid” klubi vingeri Vinisius Junior 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Valensiya”ga qarshi o‘yinda raqib posboniga tashlangani va qizil kartochka olib, maydonni tark etayotgan vaqtda hakamga e’tiroz bildirgani uchun Junior 2 ta o‘yinda sheriklariga yordam bera olmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, 4 yanvarga o‘tar kechasi Ispaniya La Ligasi doirasida “Real Madrid” ”Valensiya” mehmoni bo‘ldi va safardan 2:1 hisobida g‘alaba bilan qaytdi. 

Bu braziliyalik uchun “Valensiya”ga qarshi o‘yinlar tarixida ikkinchi qizil kartochka bo‘ldi. Aniqrog‘i, 24 yoshli vinger 2022/23 yilgi mavsumdagi bahsda ham qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgandi. O‘sha o‘yin ham aynan “Mestalya” stadionida bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Valensiya Real Madrid Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing