Vinisius “Real”dagi kelajagi borasida bir to‘xtamga keldi
Sport
−
04 mart 7433 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi yulduzi vingeri Vinisius Junior Saudiya Arabistoni ligasiga o‘tish bo‘yicha bir qarorga keldi.
“Men hozir juda xotirjamman, “Real” bilan 2027 yilning iyuniga qadar shartnomam bor va uning yangilanishini kuta olmayman. “Real” men uchun eng yaxshi joy. Men eng yaxshi futbolchilar bilan o‘ynayman. Bu yerda juda xursandman”, deydi Vinisius.
Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi 2018 yilning yozidan buyon “qaymoqranglilar” safida to‘p surmoqda. 24 yoshli Vinisius barcha musobaqalarda 300 ta uchrashuvda 102 ta gol urdi va 76 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi “Real” bilan ikki marta Yevropa Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi, uch marta Ispaniya chempioni va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Live
Barchasi