Viloyatliklarni haqorat qilgan qiz qamoqqa olindi
3-sahifa
−
03 iyun
83806Viloyatliklarni bir qancha qo‘pol so‘zlar bilan kamsitgan 21 yoshli qiz R.N. qamoqqa olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda R.N.ning viloyatliklarni haqorat qilayotgani tasvirlangan video tarqaldi. U kecha, 2 iyun kuni tanishlari bilan Toshkent shahridagi dam olish maskanlaridan biriga borib, o‘zini tasvirga olgan holda hech bir sababsiz viloyatliklarni haqorat qilgan. So‘ngra u videoni o‘zining Instagram'dagi sahifasiga joylashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari jarayonida qizning shaxsiga oydinlik kiritilgan. Fuqaro R.N. Yakkasaroy tumani IIO FMB ma’muriy binosiga keltirilib, unga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 286-moddasi tartibida IIO FMB vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr