Viloyatliklarni haqorat qilgan qiz 15 sutkaga qamaldi
3-sahifa
−
03 iyun
17916Avvalroq, viloyatliklarni bir qancha qo‘pol so‘zlar bilan kamsitgan 21 yoshli qiz R.N. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 286-moddasi tartibida IIO FMB vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgani xabar qilingandi. Sud qarori bilan unga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida ko‘rib chiqildi. Huquqbuzarga nisbatan sud raisi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va ushbu moddaga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Jazoni o‘tash muddati bugun, 3 iyun kunidan boshlab hisoblanadi.
Qizning o‘zi esa qilgan ishi uchun barchadan kechirim so‘rab, boshqa haqoratlamasligini ta’kidlagan.
“Tanishim bilan aylangani chiqqan edik. Odam juda ko‘p bo‘lgani sababli kayfiyatimiz buzildi. Tirbandliklar ko‘pligi tufayli jahlim chiqib, jahl ustida gapirdim. Ortiqcha gapirib qo‘ydim. Tanishim telefon qilib, videom tarmoqlarda tarqalayotganini aytdi. Keyin jonli efir qildim. Jonli efirda ham hamma negativ yoza boshladi. Uzr so‘ramadim. Negativ yozishgani uchun jahlim chiqib, yana haqoratli gaplar gapirib qo‘ydim. Boshqa bunday qilmayman. Viloyatliklarni ajratib, unaqa ma’noda gapirmaganman. Odam ko‘pligi uchun jahl ustida haqoratli so‘zlar bilan gapirganman. Hammadan kechirim so‘rayman”, deydi qiz.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr