Viloyat hokimi senator bo‘ldi

Jamiyat

image

Navoiy viloyat hokimi Normat To‘lqinovich Tursunov senator etib saylandi. Bu haqda O‘zbekiston axborot agentligi xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, bugun, 17 dekabr kuni Navoiy shahrida viloyatda bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi saylovini o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma majlis o‘tkazilgan.

Og‘zaki saylovda esa viloyat hokimi Normat Tursunov ko‘p ovoz bilan Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylangan.

Ma’lumot uchun, Tursunov 2021 yilning 25 noyabrida Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Bundan oldin u Toshkent davlat soliq boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Normat Tursunov 2021 yilning 8 noyabr kuni viloyatni ko‘p yillar boshqargan Qobul Tursunovning iste’fosidan so‘ng viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

188

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing