“Vilyarreal” darvozaboni YeCHL o‘yini oldidan kurolli hujumga uchradi

Sport

−

image

“Vilyarreal” darvozaboni Peter Gulachi Chempionlar ligasi doirasida “Napoli”ga qarshi uchrashuv oldidan uyida qurolli bosqinga uchradi. Hodisa vaqtida futbolchining rafiqasi va ikki nafar yosh farzandi ham uyda bo‘lgan. Bu haqda “Nemzeti sport” nashri xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, 36 yoshli vengriyalik darvozabon va uning rafiqasi bosqinchilar tomonidan qurol bilan tahdid qilingan. Jinoyatchilar ulardan seyf, pul va qimmatbaho taqinchoqlarni talab qilgan.

Hodisa oqibatida hech kim jismoniy jarohat olmagan. Biroq voqea oila a’zolariga jiddiy ruhiy ta’sir ko‘rsatgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Gulachi hodisadan keyin deyarli uxlay olmagan. Klub bilan kelishilgan holda u “Napoli”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritilmagan. Uning o‘rnini darvozada Luis Junior egalladi.

Bosqin futbolchining oilasi yashaydigan Ispaniyaning Valensiya shahri yaqinidagi Pusol hududida, Monasterios turarjoy majmuasida sodir bo‘lgan.

“Vilyarreal” jamoasi voqea haqida tegishli organlarga zudlik bilan xabar berilganini ma’lum qilgan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda. Hujumchilar haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun, kecha, 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan bahsda “Vilyarreal” o‘z maydonida “Napoli” 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing