“Vilyarreal” “Bavariya”ni YeCHLdan uloqtirdi. “Real”dan super “comeback”

Sport

image

Kecha, 12 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda Madridning “Real” klubi Londonning “Chelsi” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv “aristokratlar”ning 3-2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa-da, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Qirollik” klubi 5-4 hisobida g‘alaba qayd etib, yarim finalga yo‘l oldi. 

Kunning ikkinchi uchrashuvida Myunxenda yilning eng katta sensatsiyalaridan biri qayd etildi. Ya’ni, Ispaniyaning “Vilyarreal” jamoasi “Bavariya”ni chorak finalda qoldirib ketdi. 52-daqiqada Robert Levandovski tomonidan kiritilgan golga 88-daqiqada Chukvueze javob qaytardi. Ikki o‘yin bo‘yicha yakuniy hisob 1:2.

YeCHL. “Real Madrid” – “Chelsi” 2:3 (birinchi o‘yin - 3:1)

Gollar: Meyson Maunt 15', Antonio Ryudiger 51', Timo Verner 75', Rodrigo (Luka Modrich) 80', Karim Benzema 96'

“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 2. Daniel Karvaxal, 6. Nacho Fernandes (17. Lukas Vaskes 88'), 4. David Alaba, 23. Ferlan Mendi (12. Marselo 78'), 10. Luka Modrich, 14. Kazemiro (21. Rodrigo 78'), 8. Toni Kroos (25. Eduardo Kamavinga 73'), 15. Federiko Valverde, 9. Karim Benzema, 20. Vinisius Junior (19. Dani Sebalos 115').

“Chelsi”: 16. Eduar Mendi, 24. Ris Djeyms, 6. Tiago Silva, 2. Antonio Ryudiger, 3. Markos Alonso, 7. N'Golo Kante (22. Xakim Ziyesh 99'), 12. Ruben Loftus-Chik (17. Saul Niges 106'), 8. Mateo Kovachich (5. Jorjino 106'), 19. Meyson Maunt, 11. Timo Verner (10. Kristian Pulishich 83'), 29. Kay Xavers.

Ogohlantirishlar: Ris Djeyms 10', Karim Benzema 37', Federiko Valverde 68', Eduardo Kamavinga 90+1', Xakim Ziyesh 102', Kay Xavers 109', Tomas Tuxel 113', Sesar Aspilikueta 113', Daniel Karvaxal 118'

“Bavariya” – “Vilyarreal” 1:1 (birinchi o‘yin - 0-1)

Gollar: 52’ Levandovski,  88’ Chukvueze.

“Bavariya” – Noyer, Ernandes (Devis, 87), Upamekano, Pavar, Goretska, Kimmix, Musiala (Gnabri, 82), Myuller (Shupo-Moting, 90), Levandovski, Koman, Sane.

“Vilyarreal” – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Estupinyan, Lo Chelso, Koklen (Chukvueze, 84), Kapu, Parexo (Ore, 90), Jerar Moreno, Dandjuma (Pedrasa, 84).

Ogohlantirishlar: Levandovski (33), Foyt (59), Lo Chelso (90).

Ma’lumot o‘rnida, bugun, 13 aprel kuni “Atletiko Madrid” o‘z uyida “Manchester Siti”ni mehmon qilsa, “Liverpul” “Enfild”da “Benfika”ni yana bir bor sinovdan o‘tkazadi. Ushbu ikki bahs bilan YeCHLning chorak final uchrashuvlari poyoniga yetadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bavariya Vil'yarreal comeback

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing