“Vikipediya” jarimaga tortildi

Texnologiya

image

Moskvada Wikimedia fondi “Vikipediya” onlayn ensiklopediyasidan Ukrainadagi urushda Rossiya qurolli kuchlarining harakatlari haqidagi maqolalarni olib tashlamagani uchun 2 million rubl miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Moskva sudi bugun, 28 fevral kuni onlayn ensiklopediyani Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 13-moddasi 2-qismi bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlikda aybdor deb topgan.

Manbaga ko‘ra, Wikimedia fondi 74-gvardiya motoo‘qotar brigadasi, 138-alohida motoo‘qotar brigadasi, 92-raketa brigadasi, shuningdek, Rossiya Qurolli Kuchlarining Xarkov, Lisichansk va Mariupoldagi harbiy harakatlari to‘g‘risidagi “Vikipediya”ga joylashtirilgan maqolalarni o‘chirib tashlamagani uchun jarimaga tortilgan.  

Ma’lumot uchun, mazkur jarima “Vikipediya”ga ushbu modda bo‘yicha qo‘llanilgan to‘rtinchi jarimadir. Avvalroq “Vikipediya” rossiyalik harbiylarning Ukrainadagi harakatlari haqidagi “feyk”lari uchun 3 million rubl, Ukrainadagi urush haqidagi maqolalarni olib tashlashni rad etgani uchun 2 million rubl, porox qanday ishlab chiqarilgani haqidagi ma’lumotlarni joylashtirgani uchun 2 million rubl miqdorida jarimaga tortilgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vikipediya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing