Videoselektorda xodimasini quchoqlab o‘tirgan mansabdor ishdan olindi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining mansabdori Zoom platformasida o‘tkazilgan majlisda kamerasini yoniq qoldirgan holda hamkasbi bilan o‘zini noo‘rin tutgani aks etgan tasvirlar tarqalib, keskin munozaralarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi munosabat bildirdi.

Vazirlik ushbu xodimlarning shaxsi va voqea sodir bo‘lgan hududga aniqlik kiritmagan bo‘lsada, xabarlarda tilga olingan  xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganini ma’lum qildi. 

Tarmoqlarda esa ushbu mansabdor shaxs 2023 yil dekabr oyidan buyon Kattaqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgani haqida xabarlar tarqalgandi.

“Vazirlik o‘z tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalari buzilishiga nisbatan mutlaqo murosasizlik prinsipiga amal qiladi”, deyiladi vazirlik munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, 9 aprel kuni Andijon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari xizmat xonasida giyohvandlik vositasini iste’mol qilayotgani eks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mazkur hodisadan so‘ng bo‘lim boshlig‘i va o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Kambag'allikni qisqartirish va bandlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing