Video: Yaponiyada kuchli zilzila yuz berdi. Mamlakatga sunami xavf solyapti
Olam
−
20 mart 2021 10393 2 daqiqa
Yaponiyaning shimoli-sharqida 7,2 balli zilzila sodir bo‘ldi, mamlakatda sunami xavfi e’lon qilindi. Bu haqda milliy meteorologiya boshqarmasi xabar berdi.
Meteorologlarning ogohlantirishicha, yerosti silkinishlari sodir bo‘lgan sohil yaqinidagi Miyagi prefekturasida sunami balandligi 1 metrni tashkil qilishi mumkin. Ayni vaqtda sunami Miyagi qirg‘oqlariga yetib kelgani haqida ma’lumot yo‘q.
Zilzila manbai okean tubida 60 km chuqurlikda bo‘lgan. Tabiiy ofat munosabati bilan Yaponiya hukumati huzurida favqulodda shtab tashkil etildi.
Zemletryaseniye proizoshlo na severo-vostoke Yaponii. Yego magnituda sostavila bolshe 7. Ob’yavlena ugroza sunami.
— #govoritmoskva (@govoritmsk) March 20, 2021
Ob etom soobilo Natsionalnoye meteorologicheskoye upravleniye Yaponii. Otmechayetsya, chto podzemniye tolchki oualis v Tokio. https://t.co/spLD5V8A2h pic.twitter.com/LZavGZVvLu
“Kyodo” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila o‘sha mintaqadagi atom ob’ektlarida shtatdan tashqari vaziyatni yuzaga keltirmagan. Xususan, silkinishlar Fukusima-1 stansiyasidagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatmagan. Shuningdek, Migi prefekturasidagi “Onagava” stansiyasida va Ibaraki shahridagi Tokai-2 da hech qanday o‘zgarish va favqulodda holat qayd etilmagan. Ayni paytda atom elektr stansiyalaridagi barcha reaktorlar vaqtincha to‘xtatilgan.
Zilzila jabrlanuvchilaridan birining xabar berishicha, hozircha vayronagarchiliklar qayd etilmagan. Kuchli silkinishlar mamlakatning bir qator shimoli-sharqiy va sharqiy prefekturalarida, jumladan Fukusima, Ibaraki, Ivate, Saytama, Tokioda sezilgan.
Bundan tashqari, zilzila oqibatida Miyagi prefekturasida 200 xonadon elektr ta’minotisiz qolgan.
Live
Barchasi