Video: Toshkentda mashina o‘g‘riligi ustida qo‘lga tushganlar “samosud” qilindi

Jamiyat

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda odamlar turli vaziyatlardagi o‘zlari aybdor deb hisoblagan odamni “samosud” qilishi tez-tez uchrab turibdi. “Samosud” holati tasvirlangan videolar esa ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqaladi.

Navbatdagi “samosud” Toshkentdagi Qo‘yliq bozorida yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda odamlar o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushgan erkaklarni kaltaklayotgani tasvirlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘rilar mashinani ochayotgan payti qo‘lga tushgan. Xalq o‘g‘rilarni jinoyat joyida ushlab ularni do‘pposlagan.

Ushbu holat yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

samosud Qo'yliq bozori

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing