QQS to‘lash muddatini uzaytirish tartibi belgilandi
Jamiyat
−
11 fevral 2020
5227O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kecha, 10 fevral kuni qabul qilingan qarori bilan “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 oktyabrga qadar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda QQS to‘lovchilar uchun QQSni to‘lash muddatini uzaytirish jarayoni avtomatlashtiriladi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun soliq to‘lovchi davlat bojxona xizmati organiga ariza va QQS to‘lanishi ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Davlat bojxona xizmati organi QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi qarorni 5 ish kunida qabul qiladi.
Muddatni uzaytirish imkoniyati berilishi rad etilganda soliq to‘lovchi 1 ish kuni ichida rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
To‘lov muddatini uzaytirish imkoni berilganda, uning summasi va tugash muddati ko‘rsatiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi PF–5755-son Farmoniga muvofiq ilgari berilgan imtiyozlarni bekor qilish bo‘yicha QQS to‘lovchilarga tovarlarni olib kirishda, shuningdek, ishlar (xizmatlar)ni import qilishda QQS bo‘yicha imtiyoz o‘rniga 120 kungacha bo‘lgan muddatga QQS to‘lashni kechiktirish mexanizmlaridan foydalanish belgilangan.
LiveBarchasi