Video: Selfida suratga tushayotgan sayyoh suv ostida qoldi 

Bu qiziq

image

Venetsiyada sayyoh toshqin paytida cho‘kib ketdi. Voqeaning videosi Twitter’da joylashtirildi.

Videoda Santa Claus shlyapasini kiygan kishi suv bosgan ko‘chada yurib ketayotgani, keyin suv ostiga g‘arq bo‘lgani tasvirlangan.

Unga qoldirilgan post o‘nlab “kommentlar” bilan baholandi. 

Xususan, "Venetsiyada bo‘lganingizda suv toshqini singari bo‘ling", dedi biri. "Hatto cho‘kib ketish xavfi bo‘lsa ham, u o‘z gadjetini saqlab qolishga harakat qildi", dedi yana biri. "U ko‘prikni fon deb o‘yladimi?" deb so‘radi uchinchisi. "Umid qilamanki, u o‘zi xohlagan narsani suratga oldi", degan to‘rtinchisi.

Ma’lumot o‘rnida, noyabr o‘rtalarida Venetsiyadagi suv sathi so‘nggi 50 yil ichida rekord darajada 183 santimetrga yetdi. Shaharning 80 foizdan ortig‘i, shu jumladan tarixiy obidalar ham suv ostida qoldi. Venetsiya meri Luiji Brunyaro toshqin oqibatlarini bir milliard Yevroga baholadi. Rossiyaning bir qator top-menejerlari shaharni qayta tiklash uchun mablag‘ ajratishga qaror qilishdi. Ular jami bir million yevro yig‘ishga muvaffaqgan.

Shahnoza To‘ramurotova 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

suv toshqini sayyoh

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing