Video: Samarqanddagi shov-shuvli voqea hazil bo‘lib chiqdi

Jamiyat

image

Kecha, 5 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida niqob taqqan yigit tramvayga chiqib, noma’lum suyuqlikni sepishi oqibatida bir necha kishi hushidan ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarga video ham ilova qilingandi.

Videodagi voqea prank (tarmoq hazili) ekani ma’lum bo‘ldi. Video katta shov-shuvga sabab bo‘lgach, uni uyushtirganlarning o‘zi hammasi hazil ekanini ma’lum qilib, kechirim so‘radi.

“Odamlar bu shunchaki prank edi. Biz bunday reaksiya bo‘ladi deb o‘lamagandik. Shahardagi g‘alva uchun kechirim so‘raymiz. Hamma hushini yo‘qotganlar bizning aktyorlar edi. Hech kim jabrlanmadi”, degan prank ishtirokchilari.

Samarqand shahar IIBning ma’lum qilishicha, 4 iyul kuni soat taxminan 19:40 atrofida Samarqand shahrida Sartepo-Vokzal yo‘nalishida qatnab keluvchi 1-tramvay Buyuk ipak yo‘lining “Choy fabrikasi” bekatida kelganda 2003 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahridagi 33-maktabning 8-sinf o‘quvchisi D.T. yo‘lovchilarning yuziga noma’lum suyuqlikni sepgan. D.T.ning tramvay ichidagi sheriklari oldindan kelishilgan holat bo‘yicha, o‘zlarini hushidan ketgan holatga solgan.

Surishtiruv ishlari natijasida ushbu holatni 2006 yilda tug‘ilgan, 33-maktabning 11-sinf o‘quvchisi A.I., 2007 yilda tug‘ilgan, 42-maktabning 10-sinf o‘quvchisi A.I., 2003 yilda tug‘ilgan, 42-maktabning 11-sinf o‘quvchisi T.Y., 2003 yilda tug‘ilgan, 33-maktabning 8-sinf o‘quvchisi D.T., 43-maktabning 8-sinf o‘quvchisi R.M., 2006 yilda tug‘ilgan, 33-maktabning 7-sinf o‘quvchisi S.M., 2004 yilda tug‘ilgan, 43-maktabning 9-sinf o‘quvchisi D.B.lar o‘zaro oldindan kelishgan holda amalga oshirganligi aniqlangan.

Surishtiruv ishlari jarayonida ma’lum bo‘lishicha, mazkur videoni S.M. o‘zining iPhone rusumli mobil telefoni orqali internet tarmoqlariga tarqatib, ijtimoiy tarmoqlarda «prank» (tarmoq hazili) qilmoqchi bo‘lganligi aniqlangan.

Ushbu voyaga yetmagan yoshlarning qilmishi yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand prank

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing