Video: IIV to‘ylar masalasida fuqarolarni jiddiy ogohlantirdi

Jamiyat

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining respublika bo‘ylab tarqalib ketishining oldini olish uchun joriy yilning 23 martidan barcha to‘y va oilaviy marosimlar o‘tkazish to‘xtatib qo‘yildi. Ammo shunga qaramay, ba’zi fuqarolar to‘y yoki 100-150 kishilik yig‘inlar o‘tkazyapti. Shu sababdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni to‘ylar o‘tkazmaslik bo‘yicha yana bir bor jiddiy ogohlantirdi.

“Xurmatli fuqarolar! Ayni kunlarda yurtimizda koronavirusni keng tarqalishini oldini olish borasida ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yuridik va jismoniy shaxslarning karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytirilgan. 

Afsuski, ayrim shaxslar tomonidan to‘y va boshqa yig‘inlarni o‘tkazish holatlari kuzatilmoqda. Yurtdoshlarmizdan har qanday yig‘inlarni, to‘y va boshqa marosimlari o‘tkazmasliklarini talab qilamiz. 

Siz o‘tkazmoqchi bo‘lgan bu kabi tadbirlar oqibatida minglab odamlarga virusning yuqish xavfi mavjud. To‘y qilaman deb o‘zingizni, yaqinlaringizni va boshqalarni salomatligini xavf ostiga qo‘ymang. 

Ogohlantiramiz, har qanday turdagi yig‘in o‘tkazish yoki unda qatnashish karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. Agar, ichki ishlar organlari tomonidan cheklovlarga rioya qilmasdan to‘y yoki boshqa yig‘in o‘tkazayotgan shaxs aniqlansa, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi”, deyiladi IIV murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti ham koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan yig‘ilishda Umradan qaytgan farg‘onalik ayol uyida 120 kishilik ziyofat berganini tanqid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

to'y koronavirus

Baholaganlar

181

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing