Video: Sayyohlarni olib ketayotgan samolyot halokatga uchradi
Olam
−
19 iyun 2019 8057 1 daqiqa
Belgiyaning Flamand Brabant provinsiyasida bortida sayyohlarni olib ketayotgan kichik hajmli samolyot halokatga uchradi. Halokat Bryussel va Lej shaharlarini bog‘lab turuvchi E40 trassasida sodir bo‘lgan.
Voqea guvohlarining ta’kidlashicha, samolyot trassa atrofiga qulagan va yonib ketgan. Mahalliy o‘t o‘chiruvchilar voqea sodir bo‘lgan hududga yetib kelgan va yong‘inni bartaraf etgan.
Hozircha, ushbu hodisa sabab halok bo‘lgan va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Live
Barchasi