Video: Ayol MIB xodimini kaltakladi

Jamiyat

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi inspektori o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida kaltaklandi. Bu haqda “Zamon” axborot-informatsion dasturi lavhasida aytildi.

Davlat inspektori xonadonning elektrhisoblagichini tekshirib, 349 ming so‘m qarzdorlik borligini aniqlaydi. Qarzdorlik to‘lanishi kerakligi haqida talabnomani uy egalariga topshiradi. Lekin talabnoma muddati o‘tsa ham qarzdorlik to‘lanmaydi.

MIB inspektori xonadonni elektr energiyasidan uzib qo‘yish uchun borganda, ushbu uyda istiqomat qiluvchi fuqaro qarshilik ko‘rsatadi. Ayol inspektorni xaqoratlab, yetmaganiga kaltaklaydi.

Ushbu holat Beruniy tuman ma’muriy sudida ko‘rib chiqilib, fuqaroga eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

MIB To'rtko'l tumani

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing