Video: ayol boshqa birovning oilasi buzilishida ayblanib, “samosud” qilindi
Jamiyat
−
08 may 2019
22529Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ayollar tomonidan uyushtirilgan “samosud” holati tasvirlangan video tarqaldi. Foydalanuvchilarning yozishicha, ayollar odamlar gavjum joyda boshqa bir ayolni kaltaklagan.
Iddaolarga ko‘ra, ayol zo‘ravon ayollardan birining oilasi buzilishiga sababchi bo‘lgani uchun “samosud” qilingan.
Voqea Angren shahrida yuz bergani haqida ma’lumotlar bor. Ushbu sharmandali voqea qachon yuz bergani va uning ishtirokchilarining shaxsi hozircha noma’lum. Holat yuzasidan Toshkent viloyati huquqni muhofaza qilish organlari hozirgacha ma’lumot bermadi.
LiveBarchasi