Video: Andijonda fuqaro TikTok’da mashhur bo‘lish uchun poyezd tagiga yotib oldi
Jamiyat
−
11 yanvar 2021
13125Ijtimoiy tarmoqlarda temir yo‘lga yotib olib, ustidan poyezd yurib o‘tayotganini videoga olgan 37 yoshli erkak keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro Andijon tumani “Qo‘shchinor” mahallasida yashovchi 37 yoshli, 3 nafar farzandi bor Zafarbek Kimsanov ekani aniqlangan. U bunday xatti-harakatni TikTok’da mashhur bo‘lish, ko‘proq layk yig‘ish uchun joylagan.
Zamon informatsion dasturiga ma’lum qilinishicha, fuqaro teplovozdan 300 metr oldinda poyezd yo‘liga chiqib, temir yo‘lga yotmasdan uyali telefonini temir yo‘lning o‘rtasiga qo‘yib, darhol ortga qaytgan.
“Shunchaki qiziqish uchun, odamlarga kulgi, kayfiyat ulashish uchun qilingandi. Bundan manfaat yo‘q. Qilgan ishlarimizdan afsusdamiz. Bular uchun qonun oldida javob berishimni tushundim. Yoshlarga bu ibrat bo‘lsin. Xalqimizdan kechirim so‘rayman, uzr” degan 37 yoshli fuqaro.
Ushbu fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bilan ayblov qo‘yilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi