Mirziyoyev Qozonda Putin bilan uchrashdi (video)

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan Qozon shahrida  muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ilk ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya yetakchisi "Kelajak o‘yinlari" xalqaro turnirning ochilish marosimiga tashrif buyurgani uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan.

Shu jumladan, Putin musobaqada 104 ta davlat sportchilari ishtirok etayotgani hamda beshta yo‘nalishda ham o‘zbekistonlik sportchilar borligini e’tirof etgan.

Shavkat Mirziyoyev esa ushbu turnirda birinchi marta O‘zbekistondan 19 nafar ishtirokchi  qatnashayotganini bildirgan.

Kibersport haqida fikr bildirgan Putin bu yo‘nalish sport tarixida istiqbolli bo‘lishiga ishonishini aytgan.

"Bu, mening fikrimcha, sportning noodatiy, ochig‘ini aytganda, juda istiqbolli yo‘nalishi bo‘lib, barcha uchun qiziqarlidir. Har holda, hozir butun dunyoda yoshlarning ushbu sport turiga qiziqishi ortib bormoqda", degan Rossiya Prezidenti.

Shuningdek, Rossiya rahbari yaqinda O‘zbekistonda bo‘lgan hukumat delegatsiyasini yodga olgan. Iqtisodiy aloqalar asosiy yo‘nalishlarda juda jadal rivojlanayotgani, yangi istiqbolli rejalar tuzilayotganini urg‘ulagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga yetib borgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Mirziyoev Qozon uchrashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing