Video +16: Haydovchi piyodani urib yubordi

Jamiyat

Qalampir.uz’ga Toshkent shahrida ro‘y bergan mudhish yo‘l-transport hodisasi tasvirlangan video yetib keldi. Ushbu YTH qachon sodir bo‘lgani ma’lum emas. Biroq, aniqlashimizcha, u Toshkent shahrida qayd etilgan.

Video tasvirda Nurafshon ko‘chasi bo‘ylab Muqimiy ko‘chasi tarafga katta tezlikda harakatlanib kelayotgan qora rangdagi Lacetti avtomobili uchinchi yo‘lakdan birinchi yo‘lakka ogohlantirish chirog‘ini yoqmasdan, ehtiyotsizlik bilan o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Shu vaqt u yo‘lning o‘rtasida harakatlanayotgan piyodani urib yuboradi va avtomobil ham qarama-qarshi yo‘llarni ajratib turgan temir to‘siqlarga borib uriladi. 

Mazkur hodisa bo‘yicha boshqa ma’lumotlar ma’lum emas.
 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing