Veynaldum superklublardan biriga o‘tishga yaqin turibdi

Sport

image

Xabaringiz bor, “Liverpul”ning niderlandiyalik futbolchisi Jorjino Veynaldumning klub bilan shartnomasi o‘z yakuniga yetgan va ayni damda u erkin agent bo‘lib turibdi. Ko‘pchilik futbol mutaxassislari uning “Barselona”ga o‘tishini taxmin qilgan edi, sababi kataloniyaliklar Jorjinoga 2-3 mavsumdan beri qiziqish bildirib kelayotgandi.

Biroq bunday bo‘lmadi, “blaugranas”ning taklif qilgan yillik maoshi futbolchini qoniqtirmadi. Vaziyatdan unumli foydalangan PSJ Veynaldumga 3 yillik shartnoma hamda ispanlar taklif qilganidan 2 barobar ko‘proq maosh taklif qildi. Futbolchi bu taklifga rozi bo‘lgan. Tez orada transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Veynaldum ayni damda 29 yoshda. Futbolchining ta’kidlashicha, Parij klubi uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing