Koronavirusga chalingan 65 kishining 11 nafari shifokor – Prezident

Jamiyat

image

Bugun, 26 mart kni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirishga bag‘ishlangan videoselektor majlisini o‘tkazdi. 

Yig‘ilishda ma’lum bo‘lishicha:

Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligiga zudlik bilan 300 mingta ekspress-test xarid qilish topshirildi.

2020 yil 1 noyabrga qadar pandemiya oqibatida og‘ir ahvolga tushib qolgan korxonalar bankrotlikka tortilmaydi.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 65 nafar bemor orasida 11 nafar shifokor ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

336

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing