Tinmagan, tinchimagan odamlar. Toshkentda vertolyot ishtirokida to‘y korteji uyushtirildi
Jamiyat
−
16 noyabr 2023
20086Kecha, 15 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda kuyov kelinni uydan vertolyotda olib ketayotgani, Captiva'lardan iborat to‘y korteji yo‘l bo‘ylab ularga ergashgani tasvirlangan foto va videolar tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, ushbu voqea viloyatning Oqqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Unda to‘y korteji yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda boshqalarga xalaqit bergan.
Shu sababli Captiva haydovchilariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 129-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.