O‘zbekistonda endi charter reyslar subsidiyalanadi
Jamiyat
−
10 avgust 2020
16216O‘zbekistonga keluvchi xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida turoperator va aviatashuvchilarning mamlakatga tashkil etgan charter reyslari har bir yo‘lovchi sonidan kelib chiqqan holda subsidiyalanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining bugun, 10 avgust kun qabul qilingan qarorida belgilangan.
Subsidiya miqdorlari 20 fevraldan 19 nobyargacha bo‘lgan charter reyslarga har bir yo‘lovchi uchun - 20 dollarni, 20 noyabrdan 19 fevralgacha bo‘lgan charter reyslarga har bir yo‘lovchi uchun 50 dollarni tashkil qiladi.
Subsidiya olish uchun quyidagi shartlar qo‘yiladi:
• chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun ikki tomonlama (O‘zbekistonga va undan) charter reys tashkil qilish;
• charter reys bilan tashrif buyurgan yo‘lovchilarni O‘zbekistondagi joylashtirish vositalarida kamida besh kun tunab qolish;
• charter reyslar va undagi yo‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni respublika aerportlariga to‘liq taqdim qilish.
Subsidiya olish uchun turoperator va aviatashuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga murojaat qiladi. Murojaat arizasiga yo‘lovochi manifesti nusxasi taqdim qilinishi lozim. Murojaatlar har chorak yakuni bilan o‘tgan chorakda amalga oshirilgan charter reyslar bo‘yicha taqdim qilinadi.
Qo‘mita har chorak yakuni bilan kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqib, chorakdan keyingi oyning 20 sanasiga qadar subsidiyalar ajratilishini ta’minlaydi.
Murojaatlarni o‘rganish uchun qo‘shimcha vaqt talab etilgan taqdirda, uni ko‘rib chiqish va o‘rganish muddati qo‘shimcha tarzda yana 10 kunga uzaytirilishi mumkin.
LiveBarchasi