Vengriya YeIning Ukrainaga 90 mlrd yevrolik kreditini blokladi
Olam
−
21 fevral 4736 1 daqiqa
Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorini to‘sib qo‘ydi. Bu haqda kecha, 20 fevral kuni mamlakat Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Vengriyaga “Drujba” neft quvuri orqali neft tranziti tiklanmaguncha mazkur kreditni ma’qullashga rozilik berilmaydi.
“Biz Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun 90 milliard yevrolik kreditini Vengriyaga “Drujba” neft quvuri orqali neft tranziti qayta tiklanmaguncha bloklaymiz”, deb yozgan u va Kiyevni “shantaj”da ayblagan.
Vengriya Tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, neft tranzitining to‘xtatilishi “Bryussel va venger muxolifati bilan muvofiqlashtirilgan holda” amalga oshirilgan bo‘lib, bu mamlakatda yoqilg‘i ta’minotida uzilishlar keltirib chiqarish va 12 aprelga belgilangan parlament saylovlari oldidan ichki siyosiy vaziyatga ta’sir o‘tkazish maqsadini ko‘zlagan.
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ham moliyaviy yordam bloklanganini tasdiqlagan.
“Ukraina “Drujba” neft quvurini yopib turgan ekan, Vengriya 90 milliard yevrolik harbiy kreditni bloklashda davom etadi. Bizga shantaj o‘tmaydi!” deydi u Facebook sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya neftini Yevropaga yetkazuvchi “Drujba” quvuri orqali yetkazib berish uzilishi sababli Vengriya va Slovakiya Ukrainaga dizel eksportini to‘xtatgan edi.
Live
Barchasi